Charchadim Ona
Shoxruxbek Ergashev
Vujudimda urasan, goho sanchib qo’yasan Qachon sevib to’yasan, yuragim-ey, yuragim-ey Eshitganda ovozini chalib sevgi sozini Qumsab yorning nozini urasan-ey, urasan-ey O’zi nozik nav-nihol, lablarida boli bor Chap yuzida xoli bor, o’sha qiz-ey, o’sha qiz-ey Rashk o’tida yonasan, hammadan qizg’onasan Qizg’onib to’lg’onasan, yuragim-ey, yuragim-ey Bilmasdan yorning holini, tinglamasdan zorini So’raysana borini, yuragim-ey, yuragim-ey Sevgimni qilgan tumor, so’zlarin qilgan humor Bu yigitni ne joni bor yuragim-ey, yuragim-ey Rashk o’tida yonasan, hammadan qizg’onasan Qizg’onib to’lg’onasan, yuragim-ey, yuragim-ey Ishq iplarin bog’laysan, sevmaguncha qo’ymaysan Buncha meni qiynaysan, yuragim-ey, yuragim-ey Ko’zi tushsa ko’zimga bir intikib qo’yasan Qachon sevib to’yasan, yuragim-ey, yuragim-ey Rashk o’tida yonasan, hammadan qizg’onasan Qizg’onib to’lg’onasan, yuragim-ey, yuragim-ey