Odamcha

Odamcha

Konsta

Альбом: Inson
Длительность: 3:24
Год: 2022
Скачать MP3

Текст песни

Nimasi ham qoladi bu dunyoni?
Nega biz intilamiz qolishga?
Tunu kun mol-dunyo uchun yonib
Yana kim qo'yibdi bizga nolishga

Oilamdan boshqa kimga ham kerakman?
O'zi bundan ko'prog'i nimaga kerak?
Bu ojiz yurakni urgani rahmat
Kerak bo'lsa uni ham beray

Bir daqiqa o'ylab ko'rsam hech narsam yo'q
O'zim ham hech kimman, bir kichgina odamcha
Faqat oilam! Faqatgina ularga qasamyod
Faqat ular uchun tinmay, tundan tong otgancha

Qolgan barchasi o'tkinchi, qolgan barchasi bu - show
Bir tiyin bu yillar, bir tiyin barcha tushum
Agar hech kim kelgunimcha sog'inmasa kulishim
Bir tiyin bu dunyo uchun egilib bukilishim

Nimasi ham qoladi bu dunyoni?
Nega biz intilamiz qolishga?
Tunu kun mol-dunyo uchun yonib
Yana kim qo'yibdi bizga nolishga

Oilamdan boshqa kimga ham kerakman?
O'zi bundan ko'prog'i nimaga kerak?
Bu ojiz yurakni urgani rahmat
Kerak bo'lsa uni ham beray

Men yozishim mumkin ming xil mavzuda - sevgi, dunyo, pul, vatan
Dunyoni qarsak choldirolaman shu kichkinagina kulbadan
Kuylarim unga yetganini aytdi necha bora har xil gul badan
Lekin bundan qiyin ikki so'z ochmoq oiladan!

Lekin rostdan, kim ham qoladi bir yil chiqarmasam ashula?
O'chadi barcha shula, unutiladi barcha men ko'targan mavzular
Unutiladi barcha qo'shiq, barcha baxtli konsertlarga qo'shib
Faqatgina oilam kutadi, o'sha kichkina ko'rpachani to'shab

Bo'ldim farzand, bo'ldim uka va bo'ldim do'st
Bo'ldim shogird va bo'ldim ustoz, yashadim juda soz
Sevdim va sevildim, ishondim va ba'zan qildim xato
Ba'zan yaxshi, ba'zan yomon bo'ldim yulduz, balki bo'ldim inson

Bo'ldim umr yo'ldosh, kichkina oilamga bosh, sirdosh
Ota bo'lgim kelar agar bo'lsamchi yosh
Bularni hammasiga loyiqmanmi o'zi a?
Bundan ortiq yana nimayam bo'lsin?

Nimasi ham qoladi bu dunyoni?
Nega biz intilamiz qolishga?
Tunu kun mol-dunyo uchun yonib
Yana kim qo'yibdi bizga nolishga

Oilamdan boshqa kimga ham kerakman?
O'zi bundan ko'prog'i nimaga kerak?
Bu ojiz yurakni urgani rahmat
Kerak bo'lsa uni ham beray

Nimasi ham qoladi bu dunyoni?
Nega biz intilamiz qolishga?
Tunu kun mol-dunyo uchun yonib
Yana kim qo'yibdi bizga nolishga

Oilamdan boshqa kimga ham kerakman?