Uchar Qiz

Uchar Qiz

Nilufar Usmonova

Альбом: Baxtingni Kutgin
Длительность: 3:57
Год: 2014
Скачать MP3

Текст песни

Shabnam bo'lib gullarning bag'rida,
Navo bo'lib kuylarning avjida,
Qalbingdan izladim tinmay sevgi

Shamol bo'lib sen tomon uchar edim,
Seni deb har nedan kechar edim,
Hech asrayolmading lekin meni

Anglay olmay balki ko'zlaringdan
Menga bo'lgan qalbing tuyg'ulari
Uchib ketarman, sen meni izlama

Uchar qizning nolasin tinglagin,
Sen endi tunlar yolg'izsan, anglagin,
Endi meni samodan izlagin
Xayr, alvido

Yo'q balki senikiday yuragim,
Mening balki senga yo'q keragim,
Lekin senga borimni berib sevardim

Yaxshi-yomon gaplarimga kechir,
Goh ustun kelar ekan g'urur,
G'urur ila ikki tomon ketding nega?

Anglay olmay balki ko'zlaringdan,
Menga bo'lgan qalbing tuyg'ulari
Uchib ketarman, sen meni izlama

Uchar qizning nolasin tinglagin,
Sen endi tunlar yolg'izsan, anglagin,
Endi meni samodan izlagin.
Xayr, alvido