Umr O'Tar

Umr O'Tar

Ortiq Otajonov

Альбом: Umr O'Tar
Длительность: 7:42
Год: 2020
Скачать MP3

Текст песни

Umr o'tar, vaqt o'tar
Xonlar o'tar, taxt o'tar
Umr o'tar, vaqt o'tar
Xonlar o'tar, taxt o'tar
Omad o'tar, baxt o'tar

Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring, sening kulishlaring
Sening kulishlaring
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring, sening kulishlaring
Sening kulishlaring

Bahorda bog' na go'zal
Qor yog'sa tog' na go'zal
Bahorda bog' na go'zal
Qor yog'sa tog' na go'zal
Bu yoshlik chog' na go'zal

Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So'zsiz qarashlaring, holim so'rashlaring
Holim so'rashlaring
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So'zsiz qarashlaring, holim so'rashlaring
Holim so'rashlaring

Oy chiqar goh zaholi
Do'stlar ko'pdir vafoli
Oy chiqar goh zaholi
Do'stlar ko'pdir vafoli
Hayot shundan safoli

Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sekin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring
Pinhon izlashlaring
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sekin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring
Pinhon izlashlaring

Umr - yo'l, qayrilish ko'p
Uchrashish, ayrilish ko'p
Umr - yo'l, qayrilish ko'p
Uchrashish, ayrilish ko'p
Unutish, aytilish ko'p

Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring
Holim so'rashlaring
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring
Holim so'rashlaring

Sening yurishlaring
Sening yurishlaring