Buyurmadi Baxt
Rayhon
3:31Yulduzlari to'kilib qolgan Osmoningni yoritay, Ming bir kecha sevgi haqida Ertaklarni aytay. Oq kemada dengizlarni Oshib kelgin men tomonga, Nigohlarim aldamas, Ko'zlarimga ishon. Gar sen yonimda bo'lmasang, Agar sen yonimda bo'lmasang, Kerak emas menga dunyo, Yulduzlarsiz nurli samo. Gar sen yonimda bo'lsang, Agar sen yonimda bo'lsang, Doim baxtni his qilaman, Muhabbat neligin bilaman. Sening har bir tabassumingga Hayotimni baxsh etay, Gullar ochgan bahorlarga Men seni olib ketay. Bu dunyoda baxtimni men Ko'zlaringda ko'rdim faqat, Qalbimdagi bu tuyg'u Atalar muhabbat. Gar sen yonimda bo'lmasang, Agar sen yonimda bo'lmasang, Kerak emas menga dunyo, Yulduzlarsiz nurli samo. Gar sen yonimda bo'lsang, Agar sen yonimda bo'lsang, Doim baxtni his qilaman, Muhabbat neligin bilaman. (+)