Oson Emas Musofirda Yurganlarga
Samandar Ergashev
3:28Zoʻr yashar deb oʻylamang hech, havas qilmang. Oʻzga yurtda ming bir azob koʻrganlarga Tirikchilik tashvishini oʻyin bilmang Oson emas musofirda yurganlarga Kimsa bilmas bedor tunlar yigʻlaganda Sogʻinch azob yurak bagʻrin tigʻlaganda Kim silaydi sochlarini uxlaganda Oson emas musofirda yurganlarga Sogʻinganda bolasini qucholmayin Bilet boru lek vatanga ucholmayin Yurar dardin hech kimsaga ocholmayin Oson emas musofirda yurganlarga Chet elda ham yotqizib non bermas ekan Pulni yerdan, yo daraxtdan termas ekan Musofirning koʻrgan kuni kunmas ekan Oson emas musofirda yurganlarga Musofirda yashashdan ham bezgan qancha Afsus chekib yurak bagʻrin ezgan qancha Ish topolmay koʻchalarda kezgan qancha Oson emas musofirda yurganlarga