Onasiz Hovli
Sardor Mamadaliyev
4:27To'g'rilikka intil, to'g'ri bo'l, o'g'lim To'rtta to'g'ri bo'lsa, biri bo'l, o'g'lim Oyoqlar ostida toptalma faqat Itlarga yo'liqsang, bo'ri bo'l, o'g'lim Bu o'rmon dunyoning quyoni bo'lma Tulki, qashqiri yo qoploni bo'lma Sudralib yurguvchi iloni bo'lma Yo'lbars bo'l o'g'lim, sheri bo'l, o'g'lim O'g'lim-o'g'lim, sheri bo'l, o'g'lim Yo'lbarsi bo'l o'g'lim, sheri bo'l, o'g'lim O'g'lim-o'g'lim, bo'ri bo'l o'g'lim Itlarga yo'liqsang, bo'ri bo'l, o'g'lim Xudoyim dilingga solsin muhabbat Ko'zingda porlasin, kulsin muhabbat Umringning mash'ali bo'lsin muhabbat Bir vafoli qizning yori bo'l, o'g'lim Bolamsan, mendan so'ng chirog'imni yoq Ko'ngling toza bo'lsin, diling bo'lsin oq G'irrom, sotqin bo'lma, bo'lmagin qo'rqoq Mard bo'l, nomardlarning sho'ri bo'l o'g'lim O'g'lim-o'g'lim, sho'ri bo'l, o'g'lim Mard bo'l, nomardlarning sho'ri bo'l o'g'lim O'g'lim-o'g'lim, bo'ri bo'l o'g'lim Itlarga yo'liqsang, bo'ri bo'l, o'g'lim