Oy Yuzinga
Sherali Jo'Rayev
4:54Kecha oqshom... Kecha oqshom falakda oy bo'zarib botganda Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg'otganda Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim Eslab xayolga toldim, (Ha bobo) birinchi muhabbatim O'tdi yoshlik zavq bilan, gohi to'polon bilan Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan Ayro ham tushdim ba'zan qalb bilan iymon bilan Lekin seni yo'qotdim, birinchi muhabbatim Mangu g'aflatda qotdim, birinchi muhabbatim Dunyo degan shundayin anglab bo'lmas sir ekan Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim Yo'lin yo'qotsa odam — muhabbatga suyangay G'ussaga botsa odam — muhabbatga suyangay Chorasiz qotsa odam — muhabbatga suyangay Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim Faqat eslab yig'layman, birinchi muhabbatim Eslab bag'ring tig'larsan, birinchi muhabbatim Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim Sirli tushlar ko'riboq bor dunyoni unutdim Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim (Ha balkon) Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim Muhabbatim!