Tabaqa

Tabaqa

Uzmir

Альбом: Poralab
Длительность: 4:07
Год: 2021
Скачать MP3

Текст песни

Kamimizni to'ldirgani kuchimiz yetarlicha
Ulg'aydik muammolar ko'paydi yetarlicha
Dushmanlarim ko'paymoqda ketiga teparlicha
Ko'nglimiz xotirjam muhlislar comment yetarlicha

Qurib ketsin boyliklar onamizdan hol so'raylik
Telefoningda so'ngi bor qachon gaplashganding ko'raylik
Dillarini og'ritamiz nodon ko'cha daydilar
Biz yomonmiz izimizdan yurdi qancha Laylilar

Otamiz sog' bo'lsinlar tagimizda Chevrolet
Afsus hayotda hamma ekan-da damadan kegin volet
Ey ukajon vaqti kelib ko'zlaringni ocharsan
Laylilarga aldanasan da o'shanda qocharsan

Do'stimizni qadrini подписка"dan bilvoldik
Отпуск oldik ishimizdan kereligin ilvoldik
Oldin g'iybat bo'lmaganmi?
Oldingilar mard bo'lgan
Kelib betiga aytgan erkaklar erkak bo'lgan

Hayot o'zi qanaqa
Ajratadi tabaqa
Insonlar o'zi bilan
O'ynashar musobaqa

Bema'no hayotimiz
O'zgartira olmasak
Vaqtimiz o'tib ketar
Ko'zimizni ochmasak

Qarzga botishdan oldin maqsadimiz bormidi
Daewoodamas Mers'larda nima yurish ormidi
Harakatdan to'xtagansan omadingni qo'lida
Shu ketishda so'nmagin hom hayollar o'yida

Da vaqtimiz topilyapti qizlar bilan sayrga
Oilamiz uyda yolg'iz ketayapmiz qayerga
Bu daydilardan poyimiz bino bo'lib ketarkan
Oxiratda savobimiz oz muddatga yetarkan

Onajon duo qiling qo'llarizga qo'l bo'lay
Otajonim qirolim poyingizga yo'l bo'lay
Oilamizga til tegmidi burdalab tasharmiz-a
Akam ukalarim bir jam yasharmiz-a

Qani do'st-u oshnalar to'yingda ko'rinmadi
Javob ila shu qildimi oqibatni ko'rmadim
Hayotingla bir maromda ketganiga achindim
Orzu qilish befoyda harakat qildim chindan

Hayot o'zi qanaqa
Ajratadi tabaqa
Insonlar o'zi bilan
O'ynashar musobaqa

Bema'no hayotimiz
O'zgartira olmasak
Vaqtimiz o'tib ketar
Ko'zimizni ochmasak

Mayli o'tsin bazmlar mansiz hayot to'xtamas
Bu hayotda boy bo'lish qorni och yo to'qdamas
Ba'zan amal qilmayapmiz boshqalarga uqtirib
Oxirgi bor o'lgan edim Covidni man yuqtirib

Rahmat sizga doktorim cho'ntagimiz bo'shatdiz
Allambalo tashxis bilan tentagiga o'xshatdiz
Ko'rsatdiz karomat siz qolganizi aytmadik
Biz vada berganmiz-a vadamizdan qaytmadik

Bir xatolar qilganimiz yodimizda rosa e
Huddi bizni ukalar o'zi mani izim bossa e
Hammasini olib ketaman bortlarimni to'ldirib
Onam uchib ketdi yoshligim otganlarni o'ldirib

Balki hozir asabiga tegadi "мелодия"m
Hammasini pa-palan olishgim keladi-ya
Yana mani Gerainam o'zgani sevadi-ya
Endi bari qo'limizda so'ngi сети долия

Naqorat... 2x
Hayot o'zi qanaqa
Ajratadi tabaqa
Insonlar o'zi bilan
O'ynashar musobaqa

Bema'no hayotimiz
O'zgartira olmasak
Vaqtimiz o'tib ketar
Ko'zimizni ochmasak