Yaxshi Ko'Rsam Nima Qipti

Yaxshi Ko'Rsam Nima Qipti

Xamdam Sobirov

Длительность: 4:14
Год: 2022
Скачать MP3

Текст песни

Yoqimli bir hid taralar atrofimdan
Atirlarni sepib keldi qarab tursam
Yaxshi ko'rsam ko'ramanu faqat zimdan
Yaxshi ko'rsam nima qipti, yaxshi ko'rsam?

Million yilda bir tug'ildim zo'rg'a endi
Kim bas kelar million yillik zo'rga endi?
Shu holimga yaxshi ko'rsam go'rga endi
Yaxshi ko'rsam nima qipti, yaxshi ko'rsam?

Momam qarib, kirdi yuzga
Nima bo'ldi aytgin bizga?
To'y ham qoldi endi kuzga
Tog'am aytgan sepkil qizga uylanaman

E mol boqsak ham nima qipti endi bizga
Yoz bo'lmasa kuzda aniq uylanaman

Sen menga bir xat beribsan yangam aytdi
Kel bir dangal gaplashaylik abed payti
Meni senga mos emas deb kimlar aytdi?
Yaxshi ko'rsam nima qipti, yaxshi ko'rsam?

Atirgulni hidlagan dil mast bo'ladi
Sevgimizni ezg'ilagan past bo'ladi
Bizning sevgi oshiqlarga dars bo'ladi
Yaxshi ko'rsam nima qipti, yaxshi ko'rsam?

Momam qarib, kirdi yuzga
Nima bo'ldi aytgin bizga?
To'y ham qoldi endi kuzga
Tog'am aytgan sepkil qizga uylanaman

E mol boqsak ham nima qipti endi bizga
Yoz bo'lmasa kuzda aniq uylanaman

Qo'llaridan asta ushlab o'g'irlasammi?
Bir gap aytsam men yolg'izni tushunasanmi?
Boy emasman kambag'alga ko'nikasanmi?
Bitta o'psam nima qipti, bitta o'psam?

Momam qarib, kirdi yuzga
Nima bo'ldi aytgin bizga?
To'y ham qoldi endi kuzga
Tog'am aytgan sepkil qizga uylanaman

E mol boqsak ham nima qipti endi bizga
Yoz bo'lmasa kuzda aniq uylanaman