Qo'Qonlik

Qo'Qonlik

Jaloliddin Ahmadaliyev

Альбом: Qo'Qonlik
Длительность: 5:22
Год: 2024
Скачать MP3

Текст песни

Aytolmayin sevgisin dil izxorida
Yashirib pok tuyg'ulardan topganini
Kim ko'ribdi taqdirning bu anhorida
Oqib ketgan suvlar ortga qaytganini

Umidlanib orzularin quchog'ida
Yonar hanuz saroblarning o'chog'ida
Biz tomonda to'ylar o'tdi xo'p davomlik
Hamon mendan sovchi kutar qiz Qo'qonlik

To'ylar o'tdi biz tomonda xo'p davomlik
To'ylar o'tdi, sarpo keldi zarcho'ponlik
Xo'p yomonlik qildim-a men xo'p yomonlik
Hamon mendan sovchi kutar qiz Qo'qonlik

Sodda edi so'zlarimga ishongandi
Ko'nglida men borman deya quvongandi
Men-ku sevgi ko'yida hech yonmagandim
U yongandi sevgi deya u yongandi

Endi uning orzulari ro'yobi kech
Ayting barcha haqiqatni, kutmasin hech
Ishontirib qo'yganmidim ex gumonlik
Hamon mendan sovchi kutar qiz Qo'qonlik

To'ylar o'tdi biz tomonda xo'p davomlik
To'ylar o'tdi, sarpo keldi zarcho'ponlik
Xo'p yomonlik qildim-a men xo'p yomonlik
Hamon mendan sovchi kutar qiz Qo'qonlik

Istamadim ko'nglida ko'p qolishimni
U aytmagan men aytganman nolishimni
Sovchilarni qaytararmish umid bilan
Kutar emish hamon meni, hamon meni

Taqdir ekan ikkimizni otdi ayro
Bu yakundir yo imtiho yoki inho
Biz tomonga kelin keldi xushzabonlik
Hamon mendan sovchi kutar qiz Qo'qonlik

To'ylar o'tdi biz tomonda xo'p davomlik
To'ylar o'tdi, sarpo keldi zarcho'ponlik
Xo'p yomonlik qildim-a men xo'p yomonlik
Hamon mendan sovchi kutar qiz Qo'qonlik

Senga doim tilayman sog'lik, omonlik
Peshonangga bitilsin-a yor Qo'qonlik