Allohga Ishon
Ortiqbek O'Ngalov
3:40Noz qalbingiz turar beega , Biz g'aribga nazar solmaysiz. Xonzodalar, so'ylangiz nega, Kambag'alni odam bilmaysiz. Socholmadik turfa hadyalar, Gullar tutsak sira olmaysiz . Aqlingizni olgan va'dalar , Kambag'alni odam bilmaysiz. Koshonalar izlaydi hayol , Ermak bo'lib yana tolmaysiz Alloh sizni suydirgan halol , ambag'alni odam bilmaysiz. Hovlimiz tor, yuragimiz keng , Pul bo'lmasa nafas olmaysiz. Sevgimiz ham poshnangizga teng, Kambag'alni odam bilmaysiz. Bizda yo'qmi sevguchi yurak, Pisand qilmay, ortda qolmaysiz Muhabbat ham endi bir ertak , Kambag'alni odam bilmaysiz.