Allohga Ishon
Ortiqbek O'Ngalov
3:40She'rlar bitib ovunganimda, Bedor tunlar og'ringanimda, Har zamonda sog'inganimda, Seni eslab tursam yomonmi? Suratingga boqqanimda jim, Hayolatim bo'ladi g'ijim, Ayyoralar qilganda hujim, Seni isming aytsam yomonmi? Sensiz menga Sevgi tammomi Nahot isming aytsam yomonmi Bu bevafo yolgon dunyoda Aytgin seni sevsam yomonmi Qilaverma dilimni xira, Bu nozingga chidolmam sira, Qaysarliging tashla Mohira, Seni sevib yursam yomonmi? Muhabbat ham sen uchun o'yin, Bilolmayman seni ne o'ying, Nasib etsin ko'rishlik to'ying, To'yingda yor bo'lsam yomonmi? Sen yonimga kelib.. ketasan, Dilim bilan o'ynab netasan, Bu qadrimga bir kun yetasan, Qalbindan joy olsam yomonmi? Bir so'zingda turmadingda bir, Umidjonni sevmadingda bir, Meni sevgim bo'lib qolmas sir, Senga she'rlar yozsam yomonmi? She'rlar bitib ovunganimda, Bedor tunlar og'ringanimda, Har zamonda sog'inganimda, Seni eslab tursam yomonmi?